09:50 / 28.03.2020
8491

17 yoshli shaxsga nisbatan tovlamachilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a, v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Illyustrativ foto

Buxoro shahrida yashovchi voyaga yetmagan 17 yoshli T.R. 2019 yilning noyabr oyidan 2020 yilning fevral oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 20 yoshli G.Yu. bilan o‘zaro gaplashib yurgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxs uning fotosuratlarini uyali aloqa vositalariga yuklab olib, ushbu fotosuratni internet tarmoqlarida tarqatib, oshkor qilish bilan qo‘rqitib, sharmanda qilishini aytgan holda tahdid qilib, fotosuratlarni oshkor qilmaslik evaziga 2 850 AQSh dollari va turli xildagi tilla-taqinchoqlarni berishga majbur qiladigan sharoitga solib, G.Yu.ning mulkini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yilning 18 mart kuni Buxoro shahri 4-sonli IIB Tergov guruhi tomonidan voyaga yetmagan T.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a, v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, T.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va o‘rnatilgan tartibda ushlangan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Top