15:13 / 28.03.2020
11097

MB: Karantin davrida xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati cheklanmaydi

Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Xusanxo‘ja Obidov karantin davrida banklar orqali xalqaro pul o‘tkazmalar xizmatlari cheklanmasligini ma'lum qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

 
MB: Karantin davrida xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati cheklanmaydi

MB: Karantin davrida xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati cheklanmaydi 👉 https://kun.uz/95792943

Posted by Kun.uz on Saturday, March 28, 2020

Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Xusanxo‘ja Obidov ma'lumotiga ko‘ra, xalqaro pul o‘tkazmalariga koronavirus pandemiyasi tufayli cheklov yoxud taqiq o‘rnatilmagan.

«Ta'kidlash lozimki, ayni paytda xalqaro va chegaralararo pul o‘tkazmalarda hech qanday taqiq yo‘q. Barcha banklar kundalik ish tarzida faoliyatini davom ettirmoqda», - deya ma'lumot berdi Obidov.

Uning aytishicha, banklarda ayrim xodimlar mehnat ta'tiliga chiqarilgan, boshqa xodimlar masofadan turib ishlamoqda. Qolaversa, virusdan himoyalanish maqsadida tibbiy-gigiyenik qoidalarga qat'iy amal qilish lozim.

«Barcha bank mijozlaridan ko‘proq onlayn banking xizmatlaridan foydalanishini iltimos qilamiz. Shu bilan koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldi olinadi», - deya qo‘shimcha qildi u.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top