20:38 / 30.03.2020
13872

Karantin davrida mototransport, velosiped va skuter harakatiga cheklov yo‘q

30 mart soat 6.00dan boshlab, viloyatlar markazi, Toshkent va Nukus shahrida ahamiyati yuqori bo‘lmagan hamda shaxsiy avtomobillar harakatiga cheklov joriy etildi. Ammo ushbu chora-tadbir mototransport, velosiped va skuterga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov 30 mart kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda avtomobil harakati cheklanishi mototransport, velosiped va skuter egalariga tatbiq etilmasligini bildirdi.

«Ayni paytda ushbu cheklov velosiped, skuter yoki mototransport haydovchilari uchun amal qilmaydi. Ammo ular ham karantin davrida jamoat joyida bo‘lish qoidasini buzmasligi lozim. O‘rnatilgan tartibda, yuz niqobi bilan faqat oziq-ovqat, dorixona va boshqa kechiktirib bo‘lmas ehtiyojlar uchun ko‘chaga chiqish tavsiya etiladi», - dedi u.

Avvalroq, Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov avtomobil harakati cheklanishi viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari uchun amal qilishini aytib, tumanlar ichida harakatlanish cheklanmaganini bildirgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top