17:46 / 01.04.2020
19853

IIV: Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi transport vositalari harakati cheklanmagan

O‘zbekistonda koronavirusning tarqalishiga qarshi kurash doirasida joriy etilgan avtomobillar harakatlariga taqiqlar qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi har qanday turdagi transport vositalariga joriy etilmaydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi YHXBB Axborot xizmati ma'lum qilmoqda. 

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 mart kunidagi 176-son Qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisiga ko‘ra, Toshkent shahriga kirish va chiqishda yuk transport vositalariga cheklovlar yo‘qligi belgilangan. 

Shuningdek, respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2020 yil 30 mart kuni soat 06:00 dan 20 aprel kuni soat 00:01ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat berildi. 

Ushbu qarorga ko‘ra, 22 ta holatda transport vositalariga maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz harakatlanishga ruxsat etildi. 22 ta holatning oxirgi bandida, ya'ni mavsumiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalariga Respublika hududida maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz harakatlanishga ruxsat etilgan.

Hurmatli qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi barcha turdagi transport vositalari haydovchilari, respublika hududida harakatingiz davomida karantin postlarida muammo yoki cheklovlar bo‘lgan taqdirda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz:    

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB:                 
71 267-63-15
Toshkent shahar IIBB YHXB:                                   71-255-10-47
Toshkent viloyati IIBB YHXB:                                71-265-08-51
Andijon viloyati IIB YHXB:                                 74-226-99-33
Farg‘ona viloyati IIB YHXB:                                   73-241-57-29
Namangan viloyati IIB YHXB:                                 69-234-06-06
Sirdaryo viloyati IIB YHXB:                                   67-227-32-93
Jizzax viloyati IIB YHXB:                                     72-223-95-52
Samarqand viloyati IIB YHXB:                               66-221-81-81
Qashqadaryo viloyati IIB YHXB:                               75-225-02-05
Surxondaryo viloyati IIB YHXB:                              76-221-27-51
Navoiy viloyati IIB YHXB:                                     78-770-28-08
Buxoro viloyati IIB YHXB:                                      65-221-86-05
Xorazm viloyati IIB YHXB:                                      62-225-60-05
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB:           61-225-14-37

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top