12:46 / 02.04.2020
14357

Kongoda tok urishidan 20 kishi halok bo‘ldi

Kongo Respublikasi poytaxti Brazzavil yaqinida yuqori voltli elektr uzatish liniyasi uzilishi oqibatida tok urishdan 20 kishi halok bo‘ldi. 

Foto: EPA

Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.

“Brazzavildagi kuchli yomg‘irlar davomida 1 aprel soat 5lar atrofida chaqmoq urishdan elektr uzatish liniyalari uzilib ketdi”, deyilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, ushbu liniya Energie electrique du Congo davlat elektr energetika kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.

Guvohlarning ma'lum qilishicha, falokat qurbonlaridan ba'zilari o‘z uylarida, ba'zilari ko‘chada jon berishgan.

Jarohatlanganlar shifoxonaga joylashtirilgan. Ta'kidlanishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin.

Mavzuga oid
Top