19:30 / 02.04.2020
91588

Putin rossiyaliklarga yangi murojaat bilan chiqish qildi - karantin 30 aprelgacha cho‘zildi

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin o‘z xalqiga ikkinchi murojaat bilan chiqish qildi. U 30 aprelgacha ish kunlarini bekor qilib, hududlarga qo‘shimcha vakolatlar berdi.

Foto: Kremlin.ru

Rossiya prezidenti aholining santariya-epidemiologiya osoyishtaligini ta'minlash uchun joriy etilgan «dam olish kunlari»ning aprel oyi oxirigacha cho‘zilishini e'lon qildi.

«Agar sharoit taqozo etsa, e'lon qilingan dam olish kunlarini qisqartirish tomonga tuzatamiz», – deya Rossiya prezidenti so‘zlarini keltirmoqda RBK.

O‘tgan safar Putin 25 mart kuni rossiyaliklarga telemurojaat qilib, 30 martdan 5 aprelgacha ishlanmaydigan haftani e'lon qilgan edi.

Korxonalar bu holatda xodimlarning maoshlarini saqlab qolishlari shart edi. Dam olish kunlari mehnat ta'tili hisobidan qoplanmasligi e'lon qilingan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top