16:51 / 03.04.2020
16997

Shohrux G‘iyosov karantindan foydalanib, uyni ta'mirlab olishni maslahat berdi

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov karantin davrida uyda qolib, fursatdan foydalangan holda uylarini ta'mirlab olish mumkinligini tavsiya etdi.

Foto: Shutterstock

«Karantin davri – uy ta'miri singari foydali ishlarni o‘tkazib olish uchun qulay payt. Ammo hozir qurilish mollari do‘konlari yopiq. Shu bois uy ta'mirlamoqchi bo‘lgan yurtdoshlarimizga buning chorasi haqida ma'lumot bermoqchiman.

Internetda qurilish mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchilarni topib, bog‘laning. Ular omborxonalaridan sizga kerakli mollarni taksi-kur'yerlik xizmati orqali berib yuborishadi. To‘lovni onlayn o‘tkazmalar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Uy ta'mirini esa oilangiz ko‘magi bilan o‘zingiz o‘tkazib olasiz», – deya Shohrux G‘iyosovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top