14:50 / 04.04.2020
61590

Naqd pulni qanday qilib plastik kartochkaga o‘tkazish mumkin?

Epidemiya sharoitida naqd pul muomalasidan tiyilish tavsiya etilmoqda. Shunday ekan, bankomatlarda «cash in», ya'ni naqd pul orqali plastik kartani to‘ldirish operatsiyasini amalga oshirish funksiyasi bormi?

Foto: Depositphotos

Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Husanxo‘ja Obidov 4 aprel kuni brifingda shu savolga javob berdi.

«Banklar tomonidan respublika miqyosida jami 5 mingdan ortiq bankomat joylarga o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan 948tasi cash in/out funksiyali bankomatlar hisoblanadi.

Ularning 548 donasi — Uzcard tizimi bankomatlari, 400tasi — «HUMO» tizimi bankomatlari.

Mazkur bankomatlar orqali mijozlar naqd pul mablag‘larini bank kartalariga kirim qilish imkoniyatiga ega», – degan Obidovning javobini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uchun, Markaziy bank rasmiy saytining tegishli sahifasidan eng yaqin bankomat qayerdaligini va unda «cash-in» funksiyasi bor-yo‘qligini bilib olish mumkin.

 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top