14:52 / 07.04.2020
8943

Maxsus komissiyaning koronavirus haqidagi hujjatlari ochiq bo‘lishiga hojat yo‘q - Otabekov

Davlat bosh sanitariya ispektori Nurmat Otabekov koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qabul qilayotgan qaror hujjatlari nega omma uchun e'lon qilinmayotgani to‘g‘risidagi savolga javob qaytardi.

«Koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan, butun aholi bilishi kerak bo‘lgan ma'lumotlar tegishli vazirlik va idoralar orqali ularga yetkaziladi.

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan bog‘liq yangilik va o‘zgarishlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi saytlarida kuzatib borishingiz mumkin. Aholi bilishi kerak bo‘lgan ma'lumotlarning barchasi shu yerda uzatiladi.

Aholi komissiya qabul qilgan qarorlarning o‘zini ko‘rishiga hojat yo‘q. Chunki mutaxassis bo‘lmagan odam hujjatni boshqacha talqin qilishi mumkin», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top