16:04 / 08.04.2020
14320

AQShda koronavirus yuqtirganlar soni 400 mingdan oshdi

COVID-19 pandemiyasining butun jahon bo‘ylab statistikasini olib borayotgan worldometers.info sayti ma'lumotiga ko‘ra, AQShda SARS-CoV-2 koronavirusini yuqtirgan bemorlar soni 400 ming nafardan oshgan.

Foto: Reuters

Bu borada Amerika Qo‘shma Shtatlari jahonda mutlaq yetakchi bo‘lib turibdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda 400 ming 549 kishi kasallikka chalingan (kunlik o‘sish +33 ming). 12857 kishi vafot etgan (kunlik o‘sish +1970). 21 ming 700 kishi tuzalgan.

2-o‘rinda Ispaniya: jami yuqtirganlar soni — 146 690 (+5 267), vafot etganlar soni — 14 045 (+704), tuzalganlar soni — 43 208;

3-o‘rinda Italiya: jami yuqtirganlar soni — 135 586 (+3 039), vafot etganlar soni — 17 127 (+604), tuzalganlar soni — 24 392;

4-o‘rinda Fransiya: jami yuqtirganlar soni — 109 069 (+11 059), vafot etganlar soni — 10 328 (+1 417), tuzalganlar soni — 19 337;

5-o‘rinda Germaniya: jami yuqtirganlar soni — 107 663 (+4 288), vafot etganlar soni — 2 016 (+206), tuzalganlar soni — 36 081;

Koronavirusning dastlabki o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy 6-o‘ringa tushib ketgan. Kecha Xitoyda ilk marta o‘lim holati qayd etilmagan, bor-yo‘g‘i 32ta yangi holat aniqlangandi. 8 aprel kuni yana ikki o‘lim va 62ta zararlanish holati qayd etildi. Jami 81802 yuqtirganlardan 77279 nafari tuzalib bo‘lgan. 3333 kishi vafot etgan. Shifoxonalarda 1190 nafar bemor qolmoqda.

8 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami kasallanish holatlari soni 534tani tashkil etmoqda. Bugun 14ta yangi holat aniqlandi. Vafot etganlar soni — 3 kishi. Shu kungacha 30 kishi kasallikdan butunlay forig‘ bo‘lgan.

Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich — 709, Afg‘oniston — 423, Qirg‘iziston — 270.

Rossiyada esa kasallanganlar soni 8672 kishiga yetdi (bugun + 1175). Vafot etganlar — 63 (+5). Tuzalganlar — 580 kishi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top