11:00 / 08.04.2020
3895

Singapurda mehmonga borish taqiqlab qo‘yildi

Singapur parlamenti 7 aprel kuni koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan va odamlarning har qanday miqdorda to‘planishini taqiqlovchi qonunni qabul qildi. 

Foto: AFP

Unga ko‘ra, bir oila a'zolari, qarindoshlar yoki do‘stlarning mehmonga borishi, shuningdek, jamoat joylarida uchrashishi taqiqlandi.

Qonun koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida hukumatga ijtimoiy masofani ta'minlash bo‘yicha qat'iy choralarni qo‘llash uchun huquqiy asosni beradi. U 6 oy davomida amal qiladi.

Singapurning yuqumli kasalliklar to‘g‘risidagi qonuniga binoan, taqiqni ilk marotaba buzganlar 10 ming Singapur dollari (7031 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortilishi va/yoki 6 oygacha qamoqqa mahkum qilinishi mumkin. Ikki va undan ortiq marta buzganlar uchun 20 ming Singapur dollari (14062 AQSh dollari) miqdorida jarima va/yoki 12 oygacha qamoqqa mahkum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.

7 aprel holatiga Singapurda koronavirus bilan xastalangan bemorlar soni 1481ga yetgan. Ulardan 6 nafari vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top