12:42 / 09.04.2020
80329

Toshkentda 6-sonli tug‘ruqxona karantinga yopildi

5 aprel kuni 6-sonli tug‘ruqxona karantinga yopildi. Bu haqida bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma'lum qildi.

«Bemor bilan muloqotda bo‘lgan bir kishida koronavirus aniqlandi. Shuning uchun tug‘ruqxona majmuasi 14 kunga karantinga butunlay yopildi. Barcha bemorlar, tuqqan ayollar, bolalar va personal tibbiy kuzatuvga olinadi. 14 kunlik karantindan keyin tug‘ruqxona personali, mijozlari, bolalar orasida koronavirus infeksiyasi yo‘qligi aniqlansa, karantin bekor qilinadi», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

U hozirda koronavirus bilan zararlanish ko‘p holatlarda birinchi bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarda yoki xorijdan qaytganidan keyin karantinga joylashtirilgan fuqarolar orasida aniqlanayotganini qayd etib o‘tgan.

«123ta holatda [koronavirus] xorij davlatlaridan kirib keldi. Virus O‘zbekistonga dunyoning 7ta mamlakati orqali kirib keldi. Bemorlarning qolgan qismi ana shu shaxslar bilan muloqotda bo‘lishgan. Shuning uchun biz bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar orasida bemorlarni qidiramiz. Maqsad – ularni izolyatsiya qilish. Keyingi harakatlar ana shu o‘choqni likvidatsiya qilishga yo‘naltiriladi», deydi Otabekov.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top