09:00 / 10.04.2020
5840

«O‘zbekinvest»: Sug‘urta amalda!

Foto: O‘zbekinvest

Toshkent shahrida 8 apreldan 9 aprelga o‘tar kechasi ko‘p qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar qulab, bir qancha xususiy mashinalar ziyon ko‘rdi.

Mijozlarga yetgan zararlarni tezkor hal etish maqsadida «O‘zbekinvest» kompaniyasi onlayn rejimda barcha zarur harakatlarni amalga oshirdi va sug‘urta qoplamasini to‘lab berdi.

KASKO 2.0 innovatsion mahsuloti bo‘yicha sug‘urtalangan mijoz erta tongda o‘z mashinasini qulab tushgan daraxt ostida ko‘rib, sodir bo‘lgan voqea haqida «O‘zbekinvest» kompaniyasining kunu-tun xizmat ko‘rsatuvchi koll-sentriga xabar bergan.

Bir necha daqiqadan so‘ng kompaniyaning Sug‘urta to‘lovlari departamenti xodimlari mijoz bilan bog‘lanib, messenjer orqali zararlangan avtoning fotosuratlarini oldilar, sug‘urta qoplamasi miqdorini aniqlab, uni mijoz bilan kelishdilar va hujjatlarni rasmiylashtirib, mijozning plastik kartasiga zarar summasini to‘lab berdilar.  

Murojaat etilgan paytdan boshlab mijozning hisob raqamiga pul kelib tushgunga qadar bor yo‘g‘i 6 soat o‘tgan.

«O‘zbekinvest» kompaniyasi yog‘ingarchilik natijasida mol-mulki ziyon ko‘rgan mijozlardan murojaatlarni onlayn  rejimda qabul qilishni davom ettirmoqda.

Majburiy sug‘urta polisini onlayn tarzda bu yerdv rvsmiylashtiring: insurance.uz

Hamda aloqa-markaziga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: 71 207 60 00

«O‘zbekinvest» EIMSK axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top