21:53 / 10.04.2020
11822

Putinning matbuot kotibi virus blokatorini taqmay qo‘ydi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov viruslardan saqlanish uchun kostyumiga taqib yurgan virus blokatorini taqmay qo‘ydi.  

Telegram kanallaridan birida e'lon qilingan lavhalarda uning endilikda blokatorsiz o‘tirganini ko‘rish mumkin. Peskovning o‘zi bu ma'lumotga izoh bermagan. 

Avvalroq Peskovda virusga qarshi beyjikni jurnalistlar payqashgandi. Keyinroq u ushbu moslamani dorixonada sotib olganini, biroq u koronavirusga qarshi yordam berishi-yo‘qligini bilmasligini aytgan. Peskovning ta'kidlashicha, blokatorni taqib yurishning zararli jihatlari yo‘q.  

Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda Rossiyada bunday qurilmalarning bir nechta, misol uchun, AirDoctor va “Blokator” kabi turlarini topish mumkin. Jumladan, “Blokator” qurilmasi “havoni zararsizlantirib, A turidagi gripp shtammi va adenovirus faolligini kamaytiruvchi profilaktik vosita” deb ataladi. 

Virus blokatorlarini ishlatish yo‘riqnomasida undan dioksid xlor ajralishi va havoni zararsizlantirishi, shuningdek, «patogen mikroorganizmlar, zamburug‘lar, bakteriyalar va viruslarni samarali o‘ldirishi» haqida yozilgan. Biroq bunday blokatorlar yetarli darajada o‘rganilmagan, ularning qanchalik samara berishi ma'lum emas.

Dioksid xlor dezinfeksiya maqsadida qo‘llanadi, ammo undan havoni zararsizlantirish uchun foydalanilmaydi. Bundan tashqari, dioksid xlor havoda juda tez parchalanib ketadi.

Mutaxassislar bunday vositalarning koronavirusdan himoyalay olishiga shubha bildirishadi. Ular blokator koronavirusga qarshi samarali ekanlikka sinovdan o‘tmagani va barcha kasalliklardan vosita bo‘la olmasligini eslatib o‘tishgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top