00:07 / 10.04.2020
8116

«Uning kayfiyati juda yaxshi» - Boris Jonson jonlantirish bo‘limidan palataga olindi

Buyuk Britaniya bosh vaziri, koronavirusga chalingach shifoxonaning intensiv terapiya bo‘limiga joylashtirilgan Boris Jonsonning ahvoli yaxshilandi.

PA MEDIA

«Bosh vazir jonlantirish bo‘limidan palataga olindi va davolanishning birinchi bosqichini jiddiy nazorat ostida davom ettiradi. Uning kayfiyati juda yaxshi», deya Jonsonning vakilining so‘zlarini keltirmoqda Reuters.

Boris Jonsonda 27 mart kuni koronavirus aniqlangan va uning o‘zi bu haqda tvitterdagi sahifasida xabar qilib, masofadan ishlashini ma'lum qilgandi. Ammo 10 kun o‘tib ham kasallik alomatlari yo‘qolmagach, 55 yoshli Jonson 6 aprel kuni Londondagi Sent-Tomson kasalxonasiga yotqizilgan.

Bosh vazir uch kun davomida muolajalarni har ehtimolga qarshi jonlantirish bo‘limida olayotgandi. Jonson davolanishda bo‘lgan vaqtida Britaniya bosh vaziri lavozimini vaqtincha tashqi ishlar vaziri Dominik Raab egallab turibdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top