21:31 / 11.04.2020
15676

Amerikalik shifokorlar himoya liboslariga o‘zlarining kulib turgan fotosuratlarini yopishtirib olishmoqda

Shifokorlar pandemiya davrida shifoxonada bo‘lish qo‘rqinchli ekanligini tan olmoqda. Buning sabablaridan biri, shifokorlar bemorlar oldiga niqob, ko‘zoynak va kombinezondan tashkil topgan himoya libosida yaqinlashishmoqda.

Foto: tjournal

AQShda yarim milliondan ortiq kishi koronavirus yuqtirdi. Shifokorlar pandemiya davrida shifoxonada bo‘lish qo‘rqinchli ekanligini tan olmoqda. Buning sabablaridan biri, shifokorlar bemorlar oldiga niqob, ko‘zoynak va kombinezondan tashkil topgan himoya libosida yaqinlashishmoqda. Bu esa ayrim bemorlarni yanada qo‘rqitadi.

Shu bois San-Diyegodagi Scripps Mercy Hospital kasalxonasi shifokori Roberto Rodrigez o‘zining himoya libosiga kulib turgan fotosuratini yopishtirib oldi. U shu orqali bemorlar o‘zlarini qulayroq his qilishlari uchun harakat qildi: ular niqob va ko‘zoynak ortida inson turganini his qilishadi. U bu g‘oyasi haqida Instagramda yozdi.

Uning g‘oyasi amerikalik boshqa shifokorlarni ham ruhlantirib yubordi. Los-Anjyelesdagi kasalxona shifokorlari ham liboslariga o‘z fotosuratlarini yopishtirishdi.

Rodrigezning so‘zlariga ko‘ra, bemorlar buni ijobiy qarshi olmoqda.

«Agar bu ularni bir ozga bo‘lsa ham atrofdagi vahimalardan chalg‘ita olsa, shuning o‘zi yetarli», deydi u.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top