13:55 / 11.04.2020
13660

Xorazm viloyatida karantinga olinganlarga 16 apreldan boshlab javob berilishi mumkin

Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov navbatdagi brifingda ijtimoiy tarmoqda Yuqori Chirchiq tumanidagi maxsus shifoxonada sharoitlar talab darajasida emasligi borasida tarqalgan fikrlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Foto: KUN.UZ

«Albatta, bunday qisqa muddatda juda katta ish qilindi. Hozir hammani o‘sha shifoxonaga, imkon qadar qulay sharoitda joylashtirish uchun barcha ishlar qilinyapti. 

Shahar hokimi har kuni o‘sha joyga borib qayerda qanday kamchilik bo‘ladigan bo‘lsa ularni bartaraf qilish uchun harakat qilyapti. 

Bu o‘tkinchi muddat. Juda ko‘p narsa talab qilishimiz ham mantiqan to‘g‘ri emas», dedi Nurmat Otabekov. 

Shuningdek, 22 mart kuni Rossiya Federatsiyasidan Xorazm viloyatiga olib kelingan fuqarolarning karantin muddati hamon tugamagani to‘g‘risidagi savolga javob berilgan.

«Hozir Xorazm viloyatida 492 kishi karantinda turibdi. Ularning karantin muddati 16 apreldan 21 aprelgacha deb belgilangan.

Demak, fuqaroning qaysi shifoxonada alohidalanganligi va u yerdan kasal chiqqan-chiqmaganiga qarab chora ko‘riladi.

Agar karantindan keyingi qayta tekshiruv davomida fuqarolarda kasallik aniqlanmasa ularga javob beriladi», deya Bosh sanitariya inspektorining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top