22:26 / 12.04.2020
28119

AQShning bosh infeksionisti odatiy turmush tarziga qachon qaytish mumkinligini taxmin qildi

Entoni Fauchining so‘zlariga ko‘ra, kasalxonaga va reanimatsiyaga joylashtirishlar soni pasaydi, boshqa mamlakatlarda esa umumiy pasayish kuzatilmoqda.

Foto: Reuters

Qo‘shma Shtatlar may oyidan odatiy hayot tarziga qaytishi mumkin, cheklov choralari ta'sir qilmoqda, dedi AQShning bosh infeksionisti Entoni Fauchi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Fauchi shunday bo‘lishini tasdiqlamadi, balki vaziyatdan kelib chiqib umid bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasalxonaga va reanimatsiyaga joylashtirishlar soni pasaydi, boshqa mamlakatlarda esa umumiy pasayish kuzatilmoqda.

U cheklovlar to‘liq olib tashlanmasligini taxmin qildi, agar zarur bo‘lsa taqiqlar qaytadan joriy etiladi.

Avvalroq Fauchi Xitoyda kasallik yana avj olishi mumkinligini ehtimoldan uzoq deb baholagandi. 

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda 20,7 mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan. Kasallik yuqtirganlar soni bo‘yicha ham AQSh yetakchi - 527 111 kishi. 

Dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 1,7 milliondan oshib ketdi, 108,8 ming kishi vafot etdi. 

Top