10:44 / 12.04.2020
7353

Isroil xorijdan reyslar qabul qilishni to‘xtatdi

Nyu-Yorkdan kelgan 70 nafar yo‘lovchi aeroportni nazoratsiz tark etganidan keyin xorijdan keluvchi reyslarga cheklov joriy etildi. Yetib kelganlar karantinga joylashtirilgunga qadar xorijiy reyslar to‘xtatib turiladi.

Foto: Dmytro

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu xorijdan kelgan barcha yo‘lovchilar maxsus mehmonxonalarda karantinga olingunga qadar aviaqatnovlarni to‘xtatib turish haqida topshiriq berdi. Bu haqda The Times of Israel nashri bosh vazir ma'muriyatiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Havoda bo‘lgan samolyotlarga yetib kelib qo‘nishlari uchun imkon beriladi. Ammo barcha yangi reyslar to‘xtatiladi. Bunday qarorga kelinishiga Nyu-Yorkdan uchib kelib Ben-Gurion aeroportiga qo‘ngan samolyotning 70 nafar yo‘lovchisi tana haroratini o‘lchatmay, karantinga oid zarur hujjatlarni to‘ldirmay taksiga o‘tirganlaricha shahar bo‘ylab tarqalib ketishgani sabab bo‘ldi. 

Endilikda yetib keluvchi yo‘lovchilarni qabul qilish bilan bevosita harbiylar shug‘ullanishadi va barcha mas'uliyat mudofaa vazirligiga yuklanadi. 13 aprel tongda Nyu-Yorkdan uchib keluvchi samolyot faqat yuk olib keladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top