11:54 / 12.04.2020
64868

Kattaqo‘rg‘onda ikki qavatli uyning bir qismi o‘pirildi. 2 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida aholi yashovchi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

12 aprel kuni soat 06:43da Kattaqo‘rg‘on shahri, «Go‘zalkent» mahallasi, Bobur ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uylarning birida havo gaz aralashmasi chaqnashi natijasida chaqnash sodir bo‘lgan.

Portlash oqibatida ikki qavatli binoning bitta pod'yezdi qulab tushgan.

«Chaqnash oqibatida ikki nafar fuqaro olgan tan jarohatlari natijasida vafot etdi, besh nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga joylashtirildi», deyiladi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top