11:55 / 13.04.2020
18594

14 aprel kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 
 
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘ hududlarida (1800 m.dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi. 

Mavzuga oid
Top