11:24 / 13.04.2020
12524

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTH natijasida piyoda vafot etdi

Piyoda olgan tan jarohatlari og‘irligi oqibatida Do‘stlik tumani shifoxonasi “jonlantirish” bo‘limida vafot etgan

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 12 aprel kuni soat 20:30larda Jizzax viloyati, Do‘stlik tumani, Sanoatchilar MFY hududidan o‘tuvchi 4R35 avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Do‘stlik paxta qayta tozalash zavodi ro‘parasida, haydovchi R.A. ishonchnomasiz, harakatlanish huquqini beruvchi maxsus stikersiz boshqaruvida bo‘lgan fuqaro B.A.ga tegishli “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan piyoda U.J.ni urib yuborib, YTH sodir qilgan.

Natijada, piyoda U.J. olgan tan jarohatlari og‘irligi oqibatida Do‘stlik tumani shifoxonasi “jonlantirish” bo‘limida vafot etgan.

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqsangiz ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

Top