23:50 / 15.04.2020
12816

Tramp AQShda koronavirus yuqtirishning avj nuqtasi o‘tib bo‘linganini xabar berdi

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, 16 aprel kuni hukumat koronavirus tufayli cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha tavsiyalarni e'lon qiladi. Bu choralar tufayli yopilgan ayrim shtatlarda faollik 1 maydan avvalroq ham boshlanishi mumkin.

Donald Tramp. Foto: Alex Brandon / AP

AQSh prezidenti uning qo‘lidagi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat koronavirus holatlari bo‘yicha avj nuqtadan o‘tib bo‘lgan. Tramp chiqishining translatsiyasi Oq uy saytida olib borilgan.

«Kurash davom etadi, lekin ma'lumotlarga ko‘ra mamlakat koronavirus yuqtirishning yangi hollari bo‘yicha avj nuqtadan o‘tib bo‘lgan», — degan Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, vaziyatning yaxshilanishi pandemiya tufayli cheklovlarni olib tashlash bilan bog‘liq tavsiyalarni ishlab chiqishga asos yaratadi. «Biz bu haqida ertaga (16 aprel kuni) gaplashamiz, biz matbuot anjumani o‘tkazamiz, kunning ikkinchi yarmida biz tavsiyalarni e'lon qilamiz», — dedi prezident.

Tramp shuningdek, 16 aprel kuni vitse-prezident Mayk Pens ikkisi shtatlar gubernatorlari bilan gaplashishini ham ta'kidlab o‘tdi. Shtatlarning ayrimlari avval belgilangan 1 maydan oldinroq ochilishi mumkin. «Turli shtatlarda vaziyat turlicha. Ularning ayrimlarda muammolar kamroq, yana birlari ishlarni ko‘ngildagidek qo‘ygani uchun muammolarga kamroq duchor bo‘ldi», — dedi prezident.

AQSh koronavirus infeksiyasi yuqtirganlik bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turibdi. Jon Hopkins universiteti saytidagi hisoblagichga ko‘ra, AQShda COVID-19 yuqtirganlar soni 637 mingdan oshgan, ularning qariyb 30 mingdan ziyodi vafot etgan. So‘nggi sutkada AQShda koronavirusni yangi yuqtirib olganlar soni 30 mingdan oshgan. Vafot etganlar 2482 kishini tashkil etgan. Kunlik o‘lim soni bo‘yicha AQShda rekord o‘rnatilgan.

Top