17:05 / 16.04.2020
19999

JSST Yevropani koronavirus bilan bog‘liq og‘ir haftalar kutayotganini bildirdi

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen chorshanba kuni Yevropada karantin choralarini muvofiqlashgan holda bekor qilish bo‘yicha rejani taqdim etdi.

Foto: Justin Setterfield/Getty Images

Yevropa hududida COVID-19 bilan bog‘liq yangi holatlar o‘smoqda, kelayotgan haftalar Yevropa uchun og‘ir bo‘ladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropadagi bo‘linmasi hududiy direktori Xans Klyuge ma'lum qildi.

"Yevropada yangi holatlar soni o‘smoqda. Keyingi haftalarda Yevropada yangi holatlar soni qariyb ikki baravarga oshib, bir millionga yaqinlashdi. Bu dunyodagi kasallikka chalinishlarning deyarli 50 foizi Yevropaga to‘g‘ri kelishini bildiradi", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, virusdan eng ko‘p jabrlangan 10ta davlatda ijobiy siljish kuzatilgan.

"Ammo ayrim mamlakatlardagi ijobiy siljishlar boshqa mamlakatlardagi, jumladan Buyuk Britaniya, Turkiya, Ukraina, Belarus va Rossiyadagi salbiy o‘sishlar soyasida qolmoqda", - ta'kidladi Klyuge.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen chorshanba kuni Yevropada karantin choralarini muvofiqlashgan holda bekor qilish bo‘yicha rejani taqdim etdi. Hujjatda hukumatlar karantin choralarini yumshatishdan oldin hisobga olishi kerak bo‘lgan mezonlar hamda qat'iy karantin choralari bekor qilinganidan keyin amal qilinishi kerak bo‘lgan tamoyillar ifodasini topgan. Shu bilan birga, Yevropadagi qator davlatlar karantin choralarini yumshatmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top