18:37 / 17.04.2020
21047

Andijonda 6 nafar bemor sog‘aydi

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida yana 6 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Koronavirusdan tuzalgan fuqarolar soni 146 kishiga yetdi.

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 6 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi.

Bemorlar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, tuzalganlarning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 2 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 4 nafari Andijon shahridan, 2 nafari esa Andijon tumanidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 4 nafar bemor sog‘aygandi, endilikda sog‘ayganlarning jami soni 10 nafarni tashkil ilmoqda.

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 146 nafarga yetdi.

Bundan avvalroq Andijon viloyatida 126 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida ma'lum bo‘lgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top