18:28 / 17.04.2020
4757

Yevroittifoqda mart oyida avtomobillar savdosi 55,1 foizga tushib ketdi

Yevroittifoqda mart oyida avtomobillar savdosi 55,1 foizga tushib ketdi, deb xabar berdi Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi. 

Foto: DPA

YeIning 26 mamlakatida o‘tgan oyda 567 308 dona mashina sotilgan. Bir yil avval bu raqam 1,26 mln donani tashkil etgandi.

ACEA bu pasayishni aksariyat bozorlarda koronavirusga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklovlar bilan bog‘lamoqda. Xususan, YeIda ko‘plab dilerlik markazlari yopilgan.

Eng yuqori pasayish Italiyada kuzatildi - 85,4 foiz. Fransiyada avtomobillar savdosi 72,2 foizga, Ispaniyada 69,3 foizga va Germaniyada 37,7 foizga kamaygan.

Kompaniyalar orasida savdoning sezilarli pasayishi Italiya-AQSh FCA Group kompaniyasida kuzatildi – 2019 yilning shu davriga nisbatan 76,6 foiz.

Volkswagen avtomobillari savdosi 46,2 foizga pasaydi. PSA Group sotuvi hajmi 68,1 foizga, Renault sotuvi 64,7 foizga kamaydi.

Mazda avtomobillarining YeIdagi sotuvi hajmi 67,8 foizga, Honda - 67,5 foizga, Ford - 65,1 foizga, Jaguar Land Rover - 61,3 foizga, Nissan - 60,3 foizga, Mitsubishi - 52,1 foizga, Hyundai - 42,5 foizga, BMW - 40,7 foizga, Toyota - 41,2 foizga, Daimler - 39,4 foizga, Volvo - 33,2 foizga pasaydi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top