13:30 / 18.04.2020
9947

«Biz birgamiz» xayriya aksiyasi 1500dan ortiq ehtiyojmand oilalarga ehson ulashdi

Sinovli kunlarda yordamga muhtoj insonlarni yo‘qlash, ularning holidan xabar olish tadbirlari nafaqat davlat, balki faol fuqarolarimiz tomonidan ham amalga oshirilmoqda. Ana shunday aksiyalaridan – «Biz birgamiz» xayriya aksiyasi bugunga qadar 1500dan ortiq oilalarga ehson yetkazib berdi.

#Bizbirgamiz tashkilotchilaridan biri Aqida xonimning aytishicha, xayriya aksiyasi 24 martdan boshlanib, 5 kun ichida 343 nafar ko‘makka muhtoj insonlarga ehsonlar tarqatilgan.

Ko‘plab fuqarolarimiz ushbu aksiyaga o‘z hissalarini qo‘shishgan. Ular orasida tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar, chet eldagi o‘zbekistonliklar ham bor.

«Bir hafta ichida 200 mln so‘m yig‘ildi. Hammasini hisob-kitob qilib, ko‘makka muhtoj hamyurtlarimizga ro‘zg‘orlik qilindi. Shuningdek, aksiyamiz doirasida Galaxy kompaniyasi har bitta oilaga ikkitadan tish pastasi, pomidor-bodring yetishtiruvchi kompaniya esa o‘z mahsulotlaridan, yana bir korxona chiqib makaron, un va tuxum va yana ko‘plab korxonalar o‘z ehsonlarini berishmoqda.

Hozirda aksiyamiz doirasida Toshkent viloyatidagi ko‘plab oilalarga tushgan pullardan, mahsulotlardan ro‘zg‘or qilinib tarqatilmoqda. Bugungi kunga qadar 1500dan ziyod yordamga muhtoj oilalarga ro‘zg‘orlik tarqatildi.

Foto: Telegram / pokizainson
Foto: Telegram / pokizainson
Foto: Telegram / pokizainson
Foto: Telegram / pokizainson

Shu o‘rinda bizni qo‘llab, barcha sharoitlarni qilib berayotgan davlat tashkilotlariga ham o‘zimiz va xalqimiz nomidan minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz», deydi biz bilan suhbatda aksiya faoli Aqida xonim.

Aksiyada ishtirok etishni hohlasangiz, telegramdagi Pokiza inson guruhidan qo‘shimcha ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Plastik karta orqali pul tushirmoqchi bo‘lganlar uchun: 8600 0329 1871 4593

Aqida Mohirova Tel: +998998143008

Mavzuga oid
Top