21:26 / 18.04.2020
12433

Chilonzordagi kafeda yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in kafening taxminan 200 kvadrat metrdan ortiq maydonida sodir bo‘lgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘qligi ma'lum qilinmoqda.

18 aprel kuni soat 19:23 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Chilonzor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan "Ming Chinor" kafesida yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Yong‘in joyiga 8ta yong‘in-qutqaruv texnikasi to‘rt daqiqa ichida yetib bordi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati

Xabarda aytilishicha, yong‘in qutqaruv jangovar bo‘limlari ko‘rgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 20:12 da to‘liq bartaraf etilgan. 

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati

Yong‘in kafening taxminan 200 kvadrat metrdan ortiq maydonida sodir bo‘lgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘qligi ma'lum qilinmoqda.

Top