16:22 / 18.04.2020
6754

Xalq qabulxonalari posbonlarga koronavirusga qarshi maxsus kombinezonlar yetkazib berdi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan poytaxtimizga kirib keladigan barcha postlarda tun-u kun navbatchilikda turgan Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya va boshqa tegishli idoralar xodimlariga xizmatda turgan paytida koronavirusdan himoyalanish uchun kiyiladigan qo‘shimcha maxsus kombinezonlar homiylik yo‘li bilan taqdim etildi.

Ushbu aksiya doirasida besh mingdan ziyod maxsus kombinezonlar tayyorlandi.

Ta'kidlash joizki, kombinezonlar O‘zbekiston prezidentining maxsus farmoni bilan tashkil etilgan mamlakatimizning chekka hududlaridagi tikuv sexlarida tayyorlandi.

– Bu ishga yuzdan ziyod tikuvchi jalb etilgan. Mazkur sexlarga xomashyo yetkazib berdik, mablag‘ bilan ta'minladik. Bunday aksiyalarimiz respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab davom etadi, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi mudiri Baxtiyor Jamolov.

Top