15:06 / 20.04.2020
7818

Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida 19 askar halok bo‘ldi

Avvalroq harakatning Qatardagi rasmiy ofisi vakili Muhammad Suhayl ShahintToliblar hibsdagi tarafdorlari AQSh va “Tolibon” o‘rtasidagi kelishuv shartlari bo‘yicha ozod etilmagunicha rasmiy Kobulga qarshi urush harakatlarini davom etttirishini ma'lum qilgandi.

Foto: REUTERS

"Tolibon" harakati hujumi natijasida Afg‘oniston armiyasining 19 nafar askari halok bo‘ldi, yana 5 nafar askar jarohatlandi. Bu haqda TOLOnews telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, toliblar Tohar viloyatidagi postga hujum qilgan.

Ma'lumot berilishicha, hozirda vaziyat nazorat ostiga olingan.

Avvalroq harakatning Qatardagi rasmiy ofisi vakili Muhammad Suhayl ShahintToliblar hibsdagi tarafdorlari AQSh va “Tolibon” o‘rtasidagi kelishuv shartlari bo‘yicha ozod etilmagunicha rasmiy Kobulga qarshi urush harakatlarini davom etttirishini ma'lum qilgandi.

29 fevralda Dohada AQSh va toliblar o‘rtasida kelishuv imzolangandi. Kelishuvga ko‘ra, Afg‘onistondagi ichki muzokaralar 10 martda boshlanishi lozim edi.

Top