14:00 / 20.04.2020
6907

Braziliya prezidenti koronavirus sababli kiritilgan cheklovlarga qarshi o‘tkazilgan namoyishda qatnashdi 

Jair Bolsonaru avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Luis Enrike Mandettani karantin choralari tarafdori bo‘lganligi uchun iste'foga chiqargandi.

Foto: REUTERS

Braziliya prezidenti  Jair Bolsonaru mamlakat poytaxtida koronavirus sababli kiritilgan cheklovlarga qarshi o‘tkazilgan namoyishda qatnashdi. Aksiyada jami 600 kishi ishtirok etdi, deb xabar bermoqda AFP agentligi.

Namoyish qatnashchilari parlamentning yopilishi va armiyaning Bolsonaru tarafiga o‘tishini talab qildi. Prezident aksiya vaqtida nutq so‘zladi va yo‘tal sababli nutqini bir necha marta to‘xtatishiga to‘g‘ri keldi, deb xabar beradi agentlik.  

Parlament va Braziliyadagi regionlar rahbarlari koronavirus epidemiyasi sababli aholiga uydan chiqishni taqiqlagan. Bolsonaru bu choralarni tanqid qilmoqda va virusni "kichikroq gripp" deb atagan.

Bolsonaru avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Luis Enrike Mandettani karantin choralari tarafdori bo‘lganligi uchun iste'foga chiqargandi.

Braziliya  hozirda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Lotin Amerikasida birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda 38 mingdan ortiq kishi kasallik yuqtirgan, 2,5 mingga yaqin kishi vafot etgan. Bolsonaru 17 aprel kuni qo‘shni davlatlar bilan chegaralarni ochish tashabbusi bilan chiqdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top