15:47 / 20.04.2020
5182

Koronavirus sababli Disney kompaniyasi yuz mingdan ortiq xodimiga maosh berishni to‘xtatmoqda 

Avvalroq Kaliforniyadagi Disneyland va Floridadagi Disney World tematik parklari noma'lum muddatga yopilgandi.

Foto: AP Photo / Reinhold Matay

Amerikaning Walt Disney korporatsiya ushbu haftadan boshlab koronavirus pandemiyasi sababli 100 mingdan ortiq xodimiga maosh to‘lashni to‘xtatadi. Bu haqda Financial Times gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, korporatsiyaning qariyb yarmini tashkil etuvchi xodimlarga maosh berishni to‘xtatish orqali Disney oyiga 500 million dollarni tejab qoladi.

Walt Disney avvalroq koronavirus tarqalishi sababli AQShdagi bo‘linmalaridagi qator xodimlarini 19 apreldan haq to‘lanmaydigan ta'tilga chiqarishini ma'lum qilgandi.

Shu bilan birga ta'kidlanishicha, xodimlar shtatda qoladi va tibbiy sug‘urtadan foydalanishda davom etadi. Bundan tashqari, ularda 2,2 trillion dollarlik davlat yordam paketi doirasida moddiy yordam olish huquqi bo‘ladi.

Avvalroq Kaliforniyadagi Disneyland va Floridadagi Disney World tematik parklari noma'lum muddatga yopilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top