17:00 / 21.04.2020
6061

«Ipak Yuli» banki onlayn buyurtma berilgan kartalarni yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Foto: «Ipak Yo‘li» banki

Karantin davrida masofadan turib xizmatlar ko‘rsatayotgan «Ipak Yo‘li» banki mijozlarga plastik kartochkalarga onlayn buyurtma berish xizmatini taklif etadi.

Sizga shoshilinch karta kerak, ammo karantinda bankka borish imkonsizmi? Unda yaxshisi – Ipak Yoʻli Mobile ilovasini o‘rnatish va undan foydalanib, karta ochish!

Buning uchun siz «Ipak Yo‘li» bankining mijozi bo‘lishingiz shart emas. Faqat quyidagilarni bajarishingiz kifoya:

  • Ipak Yo‘li mobil ilovasidan ro‘yxatdan o‘tasiz;
  • «Buyurtma berish» tugmasini bosasiz;
  • Uyingizga eng yaqin filialni ko‘rsatasiz.

Qolgani esa bankdan bonus, ular kartani uch kun ichida sizning eshigingiz tagigacha yetkazib berishadi.

UzCard, Humo, Visa yoki UnionPay kartalaridan istalganiga buyurtma berish mumkin. Yetkazib berish mutlaqo bepul.

Karantin davrida uyda qoling va «Ipak Yo‘li» ilovasi orqali plastik kartaga buyurtma bering!

Ilovani yuklab oling: Ipak Yoʻli Mobile

Reklama huquqi asosida

Top