08:09 / 22.04.2020
33616

«Barchasi tugagach, dunyo normal ahvolga qaytmaydi»: Durov izolyatsiya rejimidan foyda chiqarishga chaqirdi

Telegram kompaniyasi hech qachon mansabdorlar bilan hamkorlik qilmagan, lekin koronavirus pandemiyasi tufayli istisnoga yo‘l qo‘yadi, deb bayonot bergan Pavel Durov

Pavel Durov. Foto: Forbes

Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan o‘zini izolyatsiyalash choralari insonlarga vaqtlarini «o‘zining eng yaxshi versiyasi»ni yaratish uchun sarflash imkoniyati beradi, deb yozgan o‘zining Telegram kanalida milliarder, «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i hamda Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov. Uning qayd etishicha, ilg‘or texnologiyalarga virus «insoniyatga o‘z qadr-qiymatini isbotlash» imkoniyatini taqdim etadi.

«Hozirgi pandemiya — odamzod uchun tahdid. U tugagach, dunyo normal holatga qaytmaydi. Ehtimol, biz butun avlodlarni qamrab oluvchi tsivilizatsion siljish guvohi bo‘larmiz. Endi tug‘ilay deb turgan yangi dunyo ortda qoladigan eskisidan yaxshiroq bo‘lishi bizning qo‘limizda», — deb yozgan Telegram asoschisi.

Bu oy messenjer 17 davlatning sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan yuritilayotgan 17 ta rasmiy kanallarini ilgari surish bilan shug‘ullandi, deb yozadi Durov. Uning tan olishicha, Telegram’ni mansabdorlar bilan hamkorlik qiluvchi kompaniya deb atash qiyin, lekin bu holatda istisnoga yo‘l qo‘yishga qaror qilingan.

Tahlilchilar koronavirus pandemiyasi vaqtida Telegram messenjerining mashhurligi ortganini qayd qilishgan.

Paydo bo‘lgan vaziyatda Telegram «olg‘a intilishning yangi yo‘llarini izlash» uchun qo‘lidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, deya ta'kidlagan Durov. «Shu sababli informatsion qo‘llab-quvvatlash bilan birgalikda biz cheklov choralari sharoitida ta'lim muammolarini yechishga ham o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qilamiz», — degan u.

U shuningdek, kasallikka qarshi kurashishga yo‘naltirilgan bir necha boshqa loyihalarni ham e'lon qilgan. Durov «yaqin bir necha kun ichida» ko‘proq axborot berilishini va'da qilgan.

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top