07:39 / 22.04.2020
4103

JSST UYeFAga 2021 yil oxirigacha xalqaro musobaqalarni o‘tkazmaslikni tavsiya qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti UYeFAga 2021 yil oxiriga qadar barcha xalqaro musobaqalar o‘tkazilishini qoldirishga chaqirdi. 

Mutaxassislarning fikricha, shu yo‘l bilan koronavirusga chalinishning yangi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik mumkin.

Placar nashrining xabar berishicha, JSST mutaxassislari UYeFA amaldorlari bilan konferens-aloqa vaqtida ularga bunday taklif bilan murojaat qilishgan.

21 aprelda UYeFA milliy assotsiatsiyalarga 2019/2020 yilgi mavsumdagi chempionat va kubok musobaqalarini oxirigacha yetkazib qo‘yishni tavsiya qilgandi. 

Mavzuga oid
Top