08:32 / 22.04.2020
18372

Oliy harbiy ta'lim muassasalariga qabul imtihonlari qachon o‘tkazilishi ma'lum qilindi

Harbiy kasbiy tanlov joriy yilning 1 iyunidan 25 iyunigacha hamda test imtihonlari 5 iyul kuni o‘tkazilishi belgilangan 

Foto: Norma.uz

AOKA shtabida Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov bilan brifing o‘tkazildi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Bahrom Zulfiqorovning so‘zlariga ko‘ra, oliy harbiy ta'lim muassasalarida imtihonlar joriy yilning 1 iyunidan 25 iyunigacha hamda test imtihonlari 5 iyul kuni o‘tkazilishi belgilangan.

“Mamlakatimizda karantin muddati tugagandan so‘ng tuman va viloyat mudofaa ishlari bo‘lim va boshqarmalarida fuqarolardan tibbiy ko‘rik hujjatlarini qabul qilish vaqtini bir oz muddatga cho‘zdirish hamda oliy harbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun imkoniyatlar yaratish masalasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

Qo‘shma qaror talabiga ko‘ra, tibbiy ko‘rik uchun o‘tkazilgan laboratoriya natijalari 3 oy muddatda o‘z kuchida qoladi.

Oliy harbiy ta'lim muassasalarida imtihonlar, ya'ni bilim yurtlarida o‘tkaziladigan harbiy kasbiy tanlov joriy yilning 1 iyunidan 25 iyunigacha hamda test imtihonlari 5 iyul kuni o‘tkazilishi belgilangan”, - dedi u.

Top