00:20 / 23.04.2020
4083

JSST: AQShning sog‘liqni saqlashga yordami uning o‘zi uchun muhimdir

AQShning boshqa davlatlarda sog‘liqni saqlash tizimini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi AQShning o‘zi uchun ham muhimdir, chunki u AQSh xavfsizligini mustahkamlashga yordam beradi.

Foto: Xinhua

Bunday fikrni Jyenevadagi brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus AQShning JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatishi oqibatlari haqidagi savolga javoban bildirdi.

“AQSh JSSTni qo‘llab-quvvatlab kelgan. U birinchi raqamli donordir va biz buni qadrlaymiz”, deb aytgan Gebreyyesus. U AQShning boshqa davlatdardagi sog‘liqni saqlash tizimiga sarmoyalari katta ahamiyatga egaligini ta'kidlab o‘tgan. Shu bilan birga JSST rahbari AQSh xavfsizlikda qolishi uchun uning boshqa davlatlar uchun sarmoyalari muhim ekanligini aytgan.

“Umid qilamanki, JSSTni moliyalashtirishning to‘xtatilishi haqidagi qaror qayta ko‘rib chiqiladi va AQSh navbatdagi marta JSSTning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi hamda hayotlarni qutqarishda davom etadi”, deb qo‘shimcha qilgan Gebreyyesus.

JSST rahbari jurnalistlardan birining amerikalik ba'zi siyosatchilar uning iste'foga ketishi kerakligini va shundagina Vashington JSSTga to‘lovlarni davom ettirishini aytayotganlariga izoh berish iltimosiga: “Ular JSST rahbari lavozimiga tayinlash qoidalarini bilishadi. Menda boshqa izoh yo‘q”, deb javob bergan.  

“Men kecha-kunduz ishlashda davom etaman”, deb qo‘shimcha qilgan Gebreyyesus va hozirgi pandemiya sharoitida bor e'tiborini va sa'y-harakatlarini odamlar hayotini saqlab qolishga qaratishini aytgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp 14 aprelda Vashington JSSTga to‘lovlarni to‘xtatganini ma'lum qilgandi. Uning ta'kidlashicha, JSSTning koronavirus tarqalishi haqidagi ma'lumotlarning yashirilishidagi roli baholanmaguncha pullar tashkilotga o‘tkazilmaydi. 

Top