14:43 / 23.04.2020
41568

Usmonov O‘zbekistonga yana 5 million dollar ajratdi - Qo‘chqorov

Milliarder ishbilarmon Alisher Usmonov pandemiya davrida O‘zbekistonga 20 million dollar xayriya qilgandi. U yana 5 million dollar ajratgan.

Foto: RIA Novosti

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov 23 aprel kuni tashkil etilgan Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida kelib tushayotgan yirik xayriyalar bo‘yicha ma'lumot berdi.

«Bizga 600 milliard so‘mlik xayriya mablag‘lari kelib tushdi. Xususan, Alisher Usmonovdan 20 million dollar ajratdi, bugun esa uning nomidan yana 5 million dollar kelib tushadi. Ushbu mablag‘lar Zangiota tumanida qurilayotgan shifoxonani jihozlash uchun sarflanadi. Bundan tashqari, UzTex 1 million dollar ajratgan, Navoiydagi «Baxt tekstil» korxonasi 500 ming dollar, Turkiyadagi «Tashkent Trade Centre» 200 ming dollar xayriya qilgan», deydi u.

Qo‘chqorovning aytishicha, O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik jamg‘armasiga o‘tkazilgan pullar 71 milliard so‘mdan oshdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top