22:17 / 24.04.2020
9837

AQShda koronavirus qurbonlari soni 50 mingdan oshdi

AQSh ayni damda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida yetakchilik qilmoqda.

Foto: Spencer Platt / Getty Images

AQShda koronavirus qurbonlari soni 50 ming kishidan oshib ketdi. Ma'lumot Jons Hopkins saytida keltirilmoqda.

Qayd etilishicha, 50 114 kishi vafot etgan. Koronavirusga chalinish holatlari 870,4 mingdan oshgan, 80 mingdan ortiq kishi sog‘aygan.

Birgina Nyu-York shahrida 16400ga yaqin kishi vafot etgan.

AQSh ayni damda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida yetakchilik qilmoqda. 

Dunyo bo‘yicha esa koronavirus yuqtirganlar soni 2,7 mln kishidan oshgan, 192,1 ming kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top