23:13 / 24.04.2020
7848

JSST pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangi xalqaro tashabbusni yo‘lga qo‘ydi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus chaqiruvchi kasallikni tashxislash va davolash texnologiyalarini ishlab chiqishni tezlashtirishga qaratilgan yangi xalqaro tashabbusni yo‘lga qo‘ydi.

Foto: Reuters

Ushbu munosabat bilan tantanali marosim Jyenevada bir qator xalqaro tuzilmalar va davlatlar vakillari ishtirokida teleanjuman rejimida bo‘lib o‘tdi.

JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus videoanjumanni ochib, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyenga, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronga hamda saxovatpeshalar Bill va Melinda Geytsga tashabbusdagi ishtiroklari uchun minnatdorlik bildirdi. 

“Biz umumiy xavf oldida turibmiz, biz uni birgalikda harakat qilibgina yenga olamiz”, deb aytgan JSST rahbari va dunyo pandemiyaga qarshi kurash uchun samarali vositalarga “o‘tkir ehtiyoj” sezayotganini qo‘shimcha qilgan. 

Yangi tashabbus “COVID-19’ga qarshi vositalarga egalik qilishni tezlashtirish” (Access to COVID-19 Tools Accelerator) deb nom olgan.

“Barchamiz hamma odamlar koronavirus ustidan g‘alaba uchun muhim bo‘lgan barcha vositalarga ega bo‘lishlari tarafdorimiz”, deb qo‘shimcha qilgan Gebreyyesus.

O‘z navbatida, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirus chegara bilmasligini va hamma yerda odamlarga xavf solayotganini aytgan. “O‘zaro bog‘liq dunyoda xavfsizlikda emas ekanmiz, hech qaysi birimiz xavfsizlikda bo‘la olmaymiz”, deb aytgan BMT rahbari va insoniyat birgalikda harakat qilib, joriy pandemiyadan g‘olib bo‘lib chiqishiga ishonishini ta'kidlab o‘tgan.

JSSTda tushuntirilishicha, yangi tashabbus o‘zidan “koronavirusning oldini olish, uni tashxislash va davolash bo‘yicha xavfsiz va samarali texnologiyalarni ishlab chiqish va qo‘llashni tezlashtirishda global hamkorlik va sheriklikni” aks ettiradi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top