07:20 / 24.04.2020
2819

OAV: Boris Jonson 27 apreldan ishga qaytishni rejalashtirmoqda 

Britaniya bosh vaziri, koronavirusga chalingandan keyin sog‘lig‘ini tiklayotgan Boris Jonson 27 apreldan o‘z majburiyatlarini bajarishga qaytmoqchi.

Foto: Carl Court/Getty Images

Bu haqda Daily Telegraph nashri xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Jonson joriy ishlardan xabardor bo‘lish uchun o‘z yordamchilariga keyingi haftada vazirlar bilan yakkama-yakka uchrashuvlar tashkillashtirish vazifasini topshirgan.

Nashrning ma'lum qilishicha, bosh vazir sekin-asta ishchi ritmga qaytmoqda: u deyarli har kun uning lavozimini vaqtinchalik egallab turgan tashqi ishlar vaziri Dominik Raab bilan muloqot qilmoqda, maslahatchilari bilan yig‘ilishlar o‘tkazmoqda va hujjatlar bilan tanishmoqda.

Jonsonga Londondagi shifoxonada bir haftalik davolash kursidan o‘tgandan keyin 12 aprelda uyiga javob berilgan. Ayni vaqtda siyosatchi London yaqinidagi Chekers qarorgohida o‘z salomatligini tiklamoqda.

Mavzuga oid
Top