23:34 / 25.04.2020
12321

Berlinda karantin choralariga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

Berlinda bir necha yuz kishi hukumatning koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklov choralariga qarshi namoyish o‘tkazdi.

REUTERS / Christian Mang

Namoyishchilarning asosiy talabi " konstitutsion huquqlarni tiklash" bo‘ldi. Ular cheklov choralarini o‘zlarining fuqarolik va iqtisodiy huquqlari buzilishi deb hisoblamoqda. 

Politsiya ularga hukumat qabul qilgan amaldagi qoidalarga ko‘ra ikkidan ortiq odamlarning guruh bo‘lib to‘planishi taqiqlanganini, bu shahar senatining farmoyishi va yuqumli kasalliklardan himoya qilish to‘g‘risidagi federal qonunning buzilishi ekanligini eslatdi.

Oradan bir soat o‘tgach, politsiyaning iltimosiga binoan namoyishchilar tarqalib ketdi. Politsiya ularni tarqatish uchun hech qanday maxsus vositalardan foydalanmagani, ammo faol namoyishchilarni qo‘lga olgani aytilmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniyada koronavirusga chalinganlar soni 155 mingdan oshgan, 5800dan ortiq kishi vafot etgan.

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top