09:55 / 25.04.2020
15949

O‘zbekiston Milliy universiteti dunyoning kuchli universitetlari reytingida qayd etildi

2020 yil 22 aprel kuni Dunyo universitetlari reytingi – Times Higher Education agentligi tomonidan University Impact Ranking  natijalari taqdim etildi.

Reyting dunyo universitetlarining 2016 yil BMT tomonidan qabul qilingan barqaror rivojlanish maqsadlari nuqtayi nazaridan o‘z mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasini baholash uchun yaratilgan. 2016 yilda dunyo universitetlari reytingini aniqlash uchun qabul qilingan bo‘lib adolatli, sifatli ta'limni ta'minlash, gender tengligiga erishish va innovatsiyalarni rivojlantirish kabi ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgan.

2019 yilda 11ta ko‘rsatkich bo‘yicha universitetlar reytingi aniqlangan. 2020 yilga kelib esa 17ta ko‘rsatkich bo‘yicha oliy ta'lim muassasalari ishtirok etishlari belgilangan. Bular «Ta'lim sifati», «Gender tengligi», «Infrastuktura va innovatsiya», «Talab va ehtiyoj mutanosbligi», «Toza energiya», «Ijtimoiy tenglik», «Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash», «Barqaror rivojlanish uchun global hamkorlik», «Sog‘liqni saqlash», «Suv resurlaridan unumli foydalanish», «Atrof muhitni himoya qilish» kabilardir.

Universitetlar reytingini aniqlash uchun xalqaro agentlik universitetlardan, shuningdek, Elsevier yirik ilmiy nashriyotdan ma'lumotlar oladi va uning natijalariga qarab universitetlarning reyting natijalari e'lon qiladi.

O‘zbekiston Milliy universiteti 5ta ko‘rsatkich bo‘yicha quyidagi natijalarga erishdi:

– «Ta'lim sifati» -  401+

– «Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash» - 101-200

– «Gender tengligi» - 401+

– «Barqaror rivojlanish uchun global hamkorlik» - 601+

– «Kambag‘allikni bartaraf etish» - 201-300

Top