18:08 / 27.04.2020
13325

Ichimlik suvi uchun to‘lovlarni Telegram orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi

Foto: O‘zsuvta'minot

«O‘zsuvta'minot» AJ oqova va ichimlik suvi uchun to‘lovlarni Telegram orqali to‘lash imkoniyati yaratilganini ma'lum qildi.

Buning uchun Telegram messenjerida @uzst_bot boti ochilgan. Botga kirib, «To‘lovni amalga oshirish» buyrug‘ini tanlash lozim.

Shundan so‘ng so‘ralgan ma'lumotlar (10ta raqamdan iborat shaxsiy hisob raqam, plastik karta ma'lumotlari, to‘lov summasi)ni ketma-ket kiritib borish talab etiladi.

Agar shaxsiy hisob raqamingizni bilmasangiz, botdagi «Shaxsiy hisob raqamni aniqlash» va «Ro‘yxatdan o‘tish» funksiyalari qo‘l keladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Majburiy ijro byurosi ham kommunal to‘lovlarni uydan turib to‘lash imkonini beruvchi @mibuzbot botini ishga tushirgan edi.

Top