12:30 / 27.04.2020
35617

Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

Qudratjon O‘rinboyev Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi.

Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, podpolkovnik Qudratjon G‘ayratjonovich O‘rinboyev Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Ma'lumot uchun, Qudratjon O‘rinboyev bundan avval Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi rahbari, Quvasoy shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Farg‘ona tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Top