14:57 / 28.04.2020
4775

Koronavirus oqibatlariga qarshi kurashish uchun grantlar va imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi

Global inqirozning mamlakat iqtisodiyotiga ta'sirini kamaytirish uchun jalb qilingan mablag‘lardan maqsadli foydalanishning samarali nazoratini ta'minlash mexanizmlari alohida muhokama qilindi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 27 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov rahbarligida grantlar va imtiyozli uzoq muddatli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi guruhning videokonferensiya shaklidagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, tarmoq idoralari, ixtisoslashtirilgan muassasalar va tijorat banklari rahbarlarining yuqorida ko‘rsatilgan qarorda belgilab berilgan global koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish choralarining joriy holati to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.

Ushbu chora-tadbirlar sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, davlat budjeti, bank tizimi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kommunal va energetika korxonalarining uzluksiz ishlashini ta'minlash, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan.

Global inqirozning mamlakat iqtisodiyotiga ta'sirini kamaytirish uchun jalb qilingan mablag‘lardan maqsadli foydalanishning samarali nazoratini ta'minlash mexanizmlari alohida muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari tomonidan vazirlik, idora, mahalliy hokimiyat organlari va tijorat banklariga har bir ijtimoiy va infratuzilma loyihasi uchun moliyalashtirishning haqiqiy ehtiyojlarini batafsil hisob-kitob qilish bo‘yicha manzilli ko‘rsatmalar va topshiriqlar berildi. 

Pandemiya tufayli kelib chiqqan hozirgi sharoitda respublika fuqarolari va tadbirkorlik sub'yektlariga eng samarali yordam ko‘rsatish uchun jalb qilingan xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari va grantlaridan foydalanishni maqbullashtirish vazifasi qo‘yildi.

Mavzuga oid
Top