09:26 / 29.04.2020
29280

Xitoy O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi

O‘zbekistonga Xitoyning ikkinchi marta yuborgan insonparvarlik yuki bir qismi yetib keldi. 

Foto: Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi

29 aprel kuni erta tongda Toshkent shahrining xalqaro aeroportiga bortida Xitoy hukumati yuborgan insonparvarlik yuklari bo‘lgan samolyot kelib qo‘ndi. 

Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, yuklarning qolgan qismi ham tez orada tayyorlanadi va O‘zbekistonga yetkaziladi.

Qolgan qismida 100 mingta test-tizim, 50 mingta tibbiyot himoya kiyimlari, 150 mingta KN95 tibbiyot niqoblari, 1 millionta tibbiyot jarrohlik niqoblari, 150 mingta tibbiyot qo‘lqoplari va 1000 dona masofaviy termometr bo‘lishi aytiladi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1939 kishini tashkil qilmoqda.

Virus tarqalishi boshlangandan buyon 992 kishi sog‘aydi, 8 kishi vafot etdi, ayni vaqtda 939 kishi shifoxonalarda qolmoqda. Ya'ni, O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni kasallikdan davolanayotganlar sonidan oshib ketdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top