04:07 / 02.05.2020
31033

Andijondan Sirdaryoga ko‘mak karvoni yo‘l oldi

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omboridan suv sizib chiqishi natijasida jabrlangan fuqarolar uchun andijonliklar tomonidan insonparvarlik yordami yuborilmoqda.

Bugungi karantin sharoitida, favqulodda hodisa yuz berib Sardoba suv omboridan suv sizib chiqishi natijasida qiyinchilikka duch kelgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Andijon viloyati hokimligi tomonidan Sirdaryo viloyatiga 5 tonna un, 500 kg yog‘, 600 kg go‘sht, 3 tonna kartoshka, 2 tonna guruch va 2 tonna makaron bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlar to‘plami hamda 35 mingta tibbiy niqob, 10 ming dona bir martalik idishlar, 145 mingdan ziyod kiyim-kechak mahsulotlari yuborildi.

Ushbu hududdagi favqulodda holatni bartaraf etishda ko‘maklashish hamda sinovli kunlarda aholining og‘irini yengil qilish maqsadida yana zarur bo‘lgan yordam uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top