14:56 / 02.05.2020
9142

Qirg‘izistonda koronavirusdan vafot etganlar soni o‘n nafarga yetdi

Bugunga kelib Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 769 kishiga yetdi, ulardan 200 nafari tibbiyot xodimlaridir. O‘n kishi vafot etdi, 527 kishi tuzaldi.

Foto: AFP 2020 / Vyacheslav Oseledko

Qirg‘izistonda koronavirusdan yana ikkita o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtabi xabar berdi.

"Ikkinchi may kuni respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 bemor koronavirusdan vafot etdi", - deb ma'lum qildi shtab vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vafot etganlardan biri tibbiyot xodimi bo‘lib, 58 yoshli ayol bo‘lgan, ikkinchi bemor Jalolobod viloyatilik 69 yoshli ayol bo‘lgan.

Qayd etilishicha, har ikki ayolda zotiljam, kasallikning og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligi kuzatilgan. Ularda yurak yetishmovchiligi, qandli diabet ham bo‘lgan.

Bugunga kelib Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 769 kishiga yetdi, ulardan 200 nafari tibbiyot xodimlaridir. O‘n kishi vafot etdi, 527 kishi tuzaldi.

Koronavirus epidemiyasi sababli mamlakatda favqulodda vaziyat e'lon qilingan bo‘lsa, qator shaharlarda, jumladan poytaxtda favqulodda holat rejimi joriy etilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top