08:02 / 02.05.2020
11121

Toshkentda Keles yo‘lining bir qismi uch kunga yopildi

Olmazor tumani Keles yo‘li ko‘chasida obodonlashtirish va ta'mirlash ishlari olib borilmoqda

Toshkent shahrida 1 may kuni soat 23:00dan 4 mayga qadar Keles yo‘lining Kichik halqa yo‘lidan Hasanov ko‘chalari oralig‘idagi qismi vaqtincha yopildi.     

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu Olmazor tumani Keles yo‘li ko‘chasida obodonlashtirish va ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli amalga oshirildi.

Qayd etilishicha, shu vaqt oralig‘ida ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi transport vositalari aylanma yo‘llar orqali yurishlari mumkin bo‘ladi.  

Top